Vohada qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol hamda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Vohada qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol hamda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot va Paxtachi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “N.N.” oilaviy korxonasi hamda “Z.I.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konlarida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 186,9 mln so‘mlik turli nomdagi 5 327 dona alkogol va 796 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotish uchun tayyorlab qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Nishon va Kasbi tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Nishon tumani “Paxtazor” MFY hududida fuqarolar S.Z.va A.E. “Lacetti” va “Nexia” rusumli avtomashinalarida 4 turdagi jami 708 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, S.Z.ning Koson tumanidagi xonadonida tashkil etilgan yashirin sexdan qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlashda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Kasbi tumanida yashovchi I.SH.ning xonadonida tashkil etgan noqonuniy savdo do‘konidan qo‘lbola usulda tayyorlangan 368 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!