Kattaqo‘rg‘on hokimi aytgan chigitlar nega Qashqadaryoda to‘xtatib qolingani ma’lum bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘on hokimi aytgan chigitlar nega Qashqadaryoda to‘xtatib qolingani ma’lum bo‘ldi

2021 yil 28 dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida Yo‘l harakat xavfsizligi xodimlari tomonidan chigit mahsuloti ortilgan 3 ta yuk transport vositalari to‘xtatilgan.

Ichki ishlar xodimlariga o‘zini chigitni olib ketayotgan korxona ekspeditori deb tanishtirgan Komil ismli shaxs qog‘oz shaklidagi 94 tonna chigit mahsulotini “OQ SAROY KLASTER” MCHJdan “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJga jo‘natilganligi haqida qo‘lda yozilgan (QR kodga ega bo‘lmagan) yuk xatini taqdim qilgan.

Lekin, taqdim etilgan hujjatlar orasida elektron hisobvaraq-faktura, birja savdosidan yutib olganligi to‘g‘risida elektron “Tiket”, shartnoma va ishonchnoma bo‘lmagan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori 2-ilovasi 67-bandida, “Tovarlar transport vositasida tashilganda elektron shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura QR kodga ega bo‘lgan elektron tarzda yoki qog‘oz nusxasi chop etilgan holda tashuvchiga taqdim etilishi" belgilangan.

“MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJ olib ketayotgan chigit mahsuloti bo‘yicha QR kodga ega bo‘lgan hisobvaraq-faktura bo‘lmaganligi va taqdim etilgan hujjatlarda shubha tug‘ilganligi sababli 3 ta yuk transport vositalaridagi chigit mahsulotlari qonuniy ravishda vaqtincha saqlovga olingan.

Shundan so‘ng, “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJ xodimlari qachonki ichki ishlar xodimlari yukni to‘xtatib o‘rganishni boshlaganidan 1 sutkadan so‘ng ya’ni 29 dekabr kuni soat 17-31 da “OQ SAROY KLASTER” MCHJ tomonidan rasmiylashtirilib, “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJga 98,3 tonna chigit yuborilgani, lekin sotib oluvchi tomonidan hanuzgacha elektron imzo bilan tasdiqlanmagan elektron hisobvaraq fakturasining qog‘oz nusxasini taqdim etmagan.

Respublikamizda Soliq qonunchiligi takomillashib, Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasida qo‘shilgan qiymat solig‘idan qochishning oldini olish va to‘g‘ri hisoblash uchun elektron hisobvaraq fakturalarning axborot tizimi yaratilgan. Ya’ni har bir soliq to‘lovchi elektron axborot tizimi orqali sotilgan tovarni xaridorga jo‘natishdan avval elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi, oluvchi ham elektron imzo bilan qabul qilganligini tasdiqlashi lozim. Bu hisobvaraq-fakturalar Davlat soliq qo‘mitasidagi elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida shakllanadi va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash uchun asos bo‘ladi.

(Elektron hisobvaraq fakturasisiz, qo‘lda yozilgan qog‘oz yuk xati bilan tovarlarni realizasiya qilish shubhali bo‘lib, yuk xati faqatgina ortilgan tovarning yo‘ldagi tekshiruvlari uchungina foydalanilib, keyinchalik yo‘qotilishi orqali soliqdan qochish ehtimoli katta).

Hozirda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MCHJ tomonidan “OQ SAROY KLASTER” MCHJdan elektron hisobvaraq-fakturasi rasmiylashtirilmasdan chigit mahsuloti olib ketilganligi yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Tezkor qidiruv tadbirlari oshkora va nooshkora usullarda o‘tkazilganligi sababli ayrim holatlar oshkor etilmaydi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!