Karmanada o‘quvchi "Godji" mevali o‘simligini yetishtirdi

Karmanada o‘quvchi "Godji" mevali o‘simligini yetishtirdi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Sharofiddin Bobomurodov "Tibet barbarasi", "Xitoy derazasi" kabi nomlar bilan ma’lum bo‘lgan "Godji" mevali o‘simligini o‘z tomorqasida yetishtirishga erishdi. Bu haqda "Darakchi" Yoshlar ittifoqi axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

– Tomorqamizda 3 sotixli issiqxona bor. Unda limon, papaya, mandarin kabi mevalarni yetishtiraman, – deydi SH.Bobomurodov. – Darsdan bo‘sh vaqtlarim asosan shu issiqxonada o‘tadi. Anchadan beri "Godji" mevali o‘simligini O‘zbekistonda yetishtirishga qiziqib kelardim. Ushbu mevani tomorqamda yetishtirish uchun internet tarmog‘i orqali buyurtma berib, ikki oy deganda qabul qildim. Hozirgi kunga kelib, meva ko‘paygan. Uning niholi va quritilgan mevasini bozorga sotish uchun tayyor qilib qo‘ydim. Bu oilam daromadiga ham yana qo‘shimcha foyda bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, "Godji" mevali o‘simligi tarkibida saraton kasalligining oldini oluvchi mineral modda mavjud bo‘lib, u tabiatda juda kamyob hisoblanadi. O‘simlik iqlim sharoiti tufayli Xitoyning Tibetida o‘sadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!