Karmanada bir fuqaro ikkinchi fuqaroning umriga zomin bo‘ldi

Karmanada bir fuqaro ikkinchi fuqaroning umriga zomin bo‘ldi

2021 yil 24 mart kuni Karmana tumanida yashovchi 1973 y.t. R.I spirtli ichimlik ichish natijasida mast holda bo‘lgan 1989 y.t. R.M tomonidan og‘ir tan jarohati yetkazilganligi sababli vafot etadi. Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan R.Mga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Karmana tumani “A.Navoiy” mahallasida viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi. Unda aksariyat mahallalarda qo‘ni qo‘shnilar, qarindosh urug‘larning atrofida bo‘layotgan voqea hodisalarga befarqlik bilan qarab, ko‘rib-ko‘rmaslikka olishi, jinoiy holatlarga tomoshabin bo‘layotganliklari keskin qoralandi. Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar ham o‘z mahallalarida yuz bergan mudhish voqea bo‘yicha munosabatlarini ochiq-oydin bayon etdilar. Mazkur mahalla raisi hamda inspektorining aytishicha xonadonda nosog‘lom muhit mavjudligi, muntazam ravishda chiqindi va makalatura oldi sottisi bilan shug‘ullanganligi hamda uyida bir qancha makalatura topshiradiganlar qo‘nim topib ichkilik ichib mast holda yurganligi sababli bir necha bor profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Xonadon egasi esa kasalligini bahona qilib pul topishni boshqa iloji yo‘qligini aytib kelgan.

Muhokama so‘ngida bu kabi jinoyatlarning oldini olish nafaqat hududiy profilaktika xodimlarining vazifasi, balki jamiyat tinchligini saqlash sizu bizning burchimiz ekanligi jamoatchilik vakillariga yetkazildi. Mahalla faollari hamda biriktirilgan xodimlarga shu xususda muhim chora-tadbirlar belgilab berildi. Muammoli oilalar bilan ishlashda yangicha metoddan foydalanish shu bilan birga diniy, psixologik tomondan yondashgan holda tushuntirish ishlari olib borilishi haqida aytib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!