Karantin: Buxoro shahrida yashirincha faoliyat yuritgan "erto‘la" fosh etildi

A A A
Karantin: Buxoro shahrida yashirincha faoliyat yuritgan "erto‘la" fosh etildi

Buxoro shahrida yashirincha faoliyat yuritgan "erto‘la" fosh etildi.

2020 yil 28 may kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida soat 24:00da Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasi 10-uyning yerto‘lasida joylashgan kompyuter o‘yinlar zali ish boshqaruvchisi B.M karantin qoidalariga zid ravishda tungi vaqtda faoliyat yuritib, bu yerda fuqarolar S.K, M.R, J.Q va F.X.larning chilim (kalyan) chekib, ovqatlanish va kompyuter o‘yinlari o‘ynashi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Ikki soatga yaqin vaqt davomida eshikni ochmagan ish yurituvchi va mijozlarga nisbatan MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!