Kanadada uch metr qalinlikda qor yog‘di

Kanadada uch metr qalinlikda qor yog‘di

Kanadada qor yog‘ishi 20 yillik rekordni yangiladi — ayrim joylarda yoqqan qorning qalinligi uch metrga yetdi. Kecha, 18 yanvar kuni qor yog‘ishi rekord ko‘rsatkichlarga yetishi natijasida ayrim shaharlar «oq qamal»da qolgan.

Kuchli qor bo‘roni oqibatida Nyufaundlend orolida yashovchi o‘n minglab kishilarning uylari qor ostida qolgan. Rekord darajada qor yog‘ishi Gambo, Trepassi, Sent-Jons, Paradayz kabi shaharlarda ham kuzatilgan.

Avalon shahri aholisi 3 metrlik qor yog‘ishdan keyin hosil bo‘lgan qor uyumlari oqibatida uylarida qamalib qolishgan. Shaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilib, qor tozalovchi texnika zo‘r berib ishlamoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!