Kanadada noma’lum kasallik avj olmoqda

Kanadada noma’lum kasallik avj olmoqda

Shifokorlar Kanadaning Nyu-Brunsvik viloyatida noma’lum kasallik avj olganini aniqladilar. Bu haqda The New York Times xabar bergan.

Mamlakatda yangi nevrologik kasallikka chalingan birinchi bemor 2015 yilda qayd etilgandi, ammo ayni damda kasallar soni ellik nafarga yetdi. Olti o‘lim ham qayd etilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, har doim Nyu-Brunsvikning atigi ikkita qirg‘oq hududida yashovchilar kasal bo‘lib qolishgan.

Noma’lum kasallikning alomatlari tez rivojlanayotgan demans va turli xil psixiatrik ko‘rinishdir. Shuningdek, bemorlar uyqusizlikdan, ko‘rish funksiyalarining buzilishidan shikoyat qiladilar. Shifokorlar ushbu kasallikni tasniflay olmaydilar, chunki har safar ular turli xil alomatlarga duch kelishadi.

O‘lganlarning tashxisi ham yechimga yaqinlashishga imkon bermadi. Ayni paytda shifokorlar kasallikni "Nyu-Brunsvikdagi noma’lum nevrologik sindrom" deb ta’riflaydilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!