Kadastr sohasida huquqbuzarlik sodir etgan 17 ming 259 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi

Kadastr sohasida huquqbuzarlik sodir etgan 17 ming 259 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi

Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yil birinchi yarmida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 31 ming 134 holatda huquqbuzarliklar aniqlangan.

Kadastr organining ko‘rsatmasiga asosan, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan 10 ming 199 nafar shaxs jami 88 milliard 434 million so‘m ma’muriy jarimalardan ozod etildi. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan 17 ming 259 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Jumladan, 5 ming 783 nafar shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagani, 3 ming 959 nafar shaxs yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgani, 6 ming 335 nafar shaxs o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Er resurslarini talon-toroj qilgan va sug‘oriladigan yerlarni qurilish qilgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 1 ming 46 nafar shaxsga nisbatan to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi, prokuratura organlari tomonidan 418 ta material bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!