Kabul Dusov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zoligidan chiqarildi

Kabul Dusov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zoligidan chiqarildi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shuni ma’lum qiladiki, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati K.Dusovning OAVlar, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlardagi chiqishlarida partiya Ustavi, partiyaning maqsad va vazifalariga, obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatib, ko‘plab partiya a’zolarining haqli e’tirozlarini keltirib chiqargani hamda K.Dusovning partiya a’zoligidan chiqish haqidagi fikrlarini inobatga olib, 2019 yil 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdagi S’ezdida e’lon qilinadigan xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqarilishini ma’lum qilamiz.Bu hakda Partiya Markaziy kengashi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati tomonidan partiya rahbari nomiga aytilgan asossiz, bo‘htonlar deputatning shaxsiga baho berish uchun keng jamoatchilikka yetarli ekanini inobatga olib, partiya ushbu masalani muhokama uchun mavzu emas, deb xisoblaydi.

Bundan tashqari, huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-41 moddalariga muvofiq, sudga murojaat qilish uchun barcha dalil va asoslar mavjudligiga qaramay partiya rahbari ushbu huquqdan foydalanmaslikni maqsadga muvofiq, deb hisoblaganini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bundan buyon ham barcha darajadagi deputatlar oldiga partiyaviy intizomga qat’iy rioya qilish, saylovchilar e’tiroziga sabab bo‘luvchi, partiya elektorati manfaatlariga zid keluvchi harakatlarni amalga oshirmaslikni hamda deputatlik mas’uliyatini oshirish talabini qo‘yadi. Amaldagi qonunchilikka asosan, bunday hollarda deputatlarning vakolatlari muddatidan avval to‘xtatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!