JSST Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirus jadal tarqalayotgan davlatlar qatoriga kiritdi

JSST Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirus jadal tarqalayotgan davlatlar qatoriga kiritdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qirg‘iziston va Qozog‘istonni koronavirusga chalinganlar soni jadal o‘sayotgan davlatlar toifasiga kiritdi. 

“Oxirgi 2 haftada kamida 30 ta davlat yoki hududda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar ko‘paydi. Bu davlatlardan 11 tasida koronavirus tarqalishi jadallashishi ko‘plab yangi kasallanish holatlariga olib keldi. Agar bu holatlar e’tiborsiz qoldirilsa, ular yana sog‘liqni saqlash tizimini xavf ostiga qo‘yadi”, deb aytgan JSSTning Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge.

JSST bayonotiga ko‘ra, virus jadal tarqalayotgan davlatlar toifasiga, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Ukraina, Moldova, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Bosniya va Gersegovina, Kosovo va Shvesiya kiritilgan.

Umumiy hisobda JSSTning Yevropa byurosi 54 ta davlatni qamrab olib, ular qatoriga Qirg‘iziston va Qozog‘iston ham kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!