“Johnson & Johnson” AQShga 1 milliard dollarlik 100 million doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi

“Johnson & Johnson” AQShga 1 milliard dollarlik 100 million doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi

Tibbiy mahsulotlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi “Johnson & Johnson”  AQSh hukumatiga COVID-19 vaksinalarini yetkazib berish bo‘yicha milliardlab dollarlik kelishuvga erishdi, deb xabar beradi "Interfaks".

Kompaniya bayonotida qayd etilishicha, “Johnson & Johnson” AQShga 100 million dozada tajribaviy COVID-19 vaksinasini yetkazib berish uchun 1 milliard dollardan ko‘proq bo‘lgan kelishuvga erishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq, “Johnson & Johnson” kelishuvning aniq miqdorni ma’lum qilmagan.

Ammo «Barron’s» nashri tomonidan ta’kidlanishicha, vaksinasining bitta dozasi narxi taxminan 10 dollarni tashkil qilishi mumkin.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!