Jizzaxda o‘qituvchi ayol kaltaklandi

Jizzaxda o‘qituvchi ayol kaltaklandi

Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasiga turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangan o‘qituvchi ayol murojaat qildi. 

Tumanning Mirzadala shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug‘ilgan M.D.ning jahlini ayolining ruxsatsiz ota-onasining uyiga borishi chiqargan. Nima bo‘lganda ham zo‘ravonlik uchun javob berishga to‘g‘ri  keladi.

Mirzacho‘l tumani ichki ishlari bo‘limi holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!