Jizzaxda “Spark” haydovchisi YTH natijasida vafot etdi

Jizzaxda “Spark” haydovchisi YTH natijasida vafot etdi

Joriy yilning 27 may kuni soat 09:30 larda, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 “Jizzax-Qo‘rg‘ontepa-Navbahor” avtomobil yo‘lining 13 km.da “Navbahor-Jizzax” yo‘nalishida haydovchi 1993 y.t. H.A. (erkak) “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobilning oldingi o‘ng shinasidan havo chiqib ketishi oqibatida haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomononiga chiqib ketib, ekin dala maydoniga ag‘darilib, YTH sodir qilgan.

Natijada, haydovchi 27 yoshli H.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!