Jizzaxda ota sobiq xotinining uyida o‘g‘lini pichoqladi

Jizzaxda ota sobiq xotinining uyida o‘g‘lini pichoqladi

2019 yil 12 iyul kuni soat 22.00larda Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida  “Mulkanlik” MFYda yashovchi 51 yoshli G‘.R. shu MFYda yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i 46 yoshli D.R. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal sabab 27 yoshli o‘g‘li G‘.J.ning biqin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Natijada G‘.J. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G‘.R.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!