Jazoir BRIKSga qo‘shilishni xohlaydi

Jazoir BRIKSga qo‘shilishni xohlaydi

Jazoir prezidenti Abdelmajid Tebbun mamlakati BRIKSga qo‘shilishdan manfaatdor ekanini aytdi. Uning fikricha, Jazoir alyans mezonlariga javob beradi.

"Jazoirda BRIKSga qo‘shilish uchun deyarli barcha sharoitlar mavjud va u bu ittifoqqa qo‘shilishdan juda manfaatdor", dedi janob Tebbun jurnalistlarga.

BRIKS - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani o‘z ichiga olgan iqtisodiy koalisiya. Tashkilot 2006 yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan. BRIKS+ formatiga shuningdek, Jazoir, Argentina, Misr, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kambodja, Malayziya, Senegal, Tailand, O‘zbekiston, Fiji va Efiopiya kiradi.

Iyun oyi oxirida Argentina va Eron BRIKSga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. BRIKS xalqaro forumi Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham assosiasiyaga a’zo bo‘lishni xohlayotganini da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!