JAR prezidenti ham karantinga olindi

JAR prezidenti ham karantinga olindi

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosa koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odam bilan muloqotdan so‘ng o‘zini o‘zi izolyasiyaga oldi. Bu haqda respublika rahbari ma’muriyati xabar berdi.

«2020 yil 24 oktyabr, shanba kuni prezident tashrif buyurgan kechki ovqat ishtirokchilaridan birida COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqach Siril Ramafosa o‘zini o‘zi izolyasiyaga oldi», — deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbir Yoxannesburgdagi mehmonxonada bo‘lib o‘tgan, kechki ovqatda 35 kishi ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda davlat rahbarida hech qanday alomat qayd etilmagan. U masofadan turib o‘z majburiyatlarini bajaradi va karantin qoidalariga rioya qiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!