Janubiy Koreyada masjidlar ochildi

Janubiy Koreyada masjidlar ochildi

Chorshanba kuni Janubiy Koreyada bir nechta masjidlar ochildi. Rasmiylar mamlakatda koronavirus holatlari kamayganidan so‘ng bunga ruxsat berishgan.

«Biz hali ham koronavirusning tarqalishidan xavotirdamiz, shuning uchun keyingi 10 kunda bu yerga kelganlar faqat masjid binosidan tashqarida ibodat qilishlari mumkin bo‘ladi», deydi Koreya musulmonlari federasiyasining bosh imomi Abdurahmon Li Ju-Xva.

«Agar barchasi yaxshi bo‘lsa, biz Iyd bayramini ham o‘tkaza olamiz», dedi Li.

Janubiy Koreya Musulmonlar Federasiya mamlakatdagi musulmonlar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun diniy muassasalarida juma namozlarini taqiqlagandi. Biroq, 4 may kuni doimiy nazorat qilingan holda masjidlar juma va taroveh namozlari uchun qayta ochilishi e’lon qilindi. Hozirgi kunda Janubiy Koreyaning 150 000 nafar fuqarosi musulmon hisoblanadi. Ular umumiy aholining 0,3 foizini tashkil qiladi.

«Seul markaziy masjidiga va mamlakatdagi boshqa masjidlarga kelgan barcha musulmonlar COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun qo‘llarini tozalash vositalaridan foydalanish, yuz niqoblarini taqish va ismlarini ro‘yxatiga kiritish kabi qoidalarga rioya qilishlari kerak», deyiladi xabarda. Shuningdek, ibodat paytida virus tarqalishini oldini olish uchun musulmonlar bir-biridan kamida bir metr masofa uzoqlikda bo‘lishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!