Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan ilk bemorga uyga javob beriladi

Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan ilk bemorga uyga javob beriladi

Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan ilk bemorga bugun, 5 fevral, kuni uyga javob beriladi. Bu haqda mamlakat epidemiya bilan kurashish bo‘yicha shtabi boshlig‘i Chon In Gyonning so‘zlariga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

"Daryo"ga ko‘ra, mamlakatda tartib raqami bo‘yicha ikkinchi bo‘lib koronavirus bilan kasallangani qayd etilgan ushbu bemor 13 kun deganda tuzaldi.

«Bugun, 5 fevral, kuni koronavirusni yuqtirgan ikkinchi Janubiy Koreya fuqarosi tuzaldi. Unga uyiga javob beriladi. U bilan aloqada bo‘lgan yaqinlari uchun karantin 7 fevralda yakuniga yetadi», — deydi Chon In Gyon.

So‘nggi paytda bemorda tana haroratining ko‘tarilishi va yo‘tal kuzatilmagan. Uch kun ketma-ket olingan tahlil natijalari esa unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyda yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni 24,3 mingga yetdi. Kasallik oqibatida vafot etganlar esa 490 kishini tashkil etmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirusning tarqalishiga qarshish kurashish uchun yaqin uch oyda 61,5 million dollar kerak bo‘ladi. Xitoylik virusologlar atipik pnevmoniyaga qarshi vaksina 2019-nCoV koronavirusini to‘xtatishi mumkinligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!