Janubiy Koreyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortmoqda

Janubiy Koreyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortmoqda

Janubiy Koreyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq yoshlar jinoyati ko‘paymoqda. Bu haqda Dong-a Ilbo Milliy polisiya agentligi vakillariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-iyul oylarida mamlakatda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatchilarning 7 ming nafari hibsga olingan, ulardan 22,1 foizini 20 yoshdan kattalar tashkil etadi.

O‘tgan yilga nisbatan yoshlar orasida giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatchilarning ulushi 4,93 foizga oshdi. Bundan tashqari, giyohvand moddalar bo‘yicha voyaga yetmaganlar (10 yoshdan oshgan) jinoyatchilarining soni ham 1,62 foizgacha o‘sdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda giyohvand moddalar savdosi internet, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda. Shuning uchun giyohvand moddalarni iste’mol qiladigan yosh huquqbuzarlar soni ko‘paymoqda.

2019 yilning birinchi yarmida Janubiy Koreya bojxonasi tomonidan 86,8 kg giyohvand moddalar musodara qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!