Janubiy Afrikada sher yetishtirish taqiqlanishi mumkin

Janubiy Afrikada sher yetishtirish taqiqlanishi mumkin

Janubiy Afrika Respublikasida ov va qafassiz hayvonot bog‘lari uchun sher yetishtirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumatning bu qarori ikki yillik tadqiqot natijasidir. Aniqlanishicha, sherlarni tutqunlikda ko‘paytirish jonivorlarga zarar yetkazadi. Shunga qaramay, atrof-muhit vaziri Barbara Krisining aytishicha, bu yirtqichlarni ov maqsadida cheklangan miqdorda ko‘paytirish davom etadi. Bu JARning turizm sohasi daromad manbalaridan biri sanaladi.

Mamalkatda 8 mingdan ortiq sher tutqunlikda saqlanmoqda. Ayni paytda ozodlikda 3,5 ming sher yashaydi. Sherlarni ko‘paytirish tarafdorlari bu turni asrashini, bunga qarshilar esa jonivorlar ekspluatasiyasidan noroziligini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!