Janubiy Afrika Ukraina inqirozini hal qilishda Xitoy-Braziliya yondashuvini qo‘llab-quvvatladi

Janubiy Afrika Ukraina inqirozini hal qilishda Xitoy-Braziliya yondashuvini qo‘llab-quvvatladi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Afrika Xitoy va Braziliyaning Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha yondashuvini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

TASS xabariga ko‘ra, Xitoy vazirlar mahkamasining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha vakili Li Xuey Janubiy Afrikaga tashrifi chog‘ida Xitoy va Braziliya taklif qilgan kelishuv bandlari bo‘yicha eng maqbul yechimga erishish uchun ko‘p tomonlama sa’y-harakatlarni birlashtirishni taklif qilgan.

Pekin Xitoy-Braziliya tashabbusi 110 dan ortiq davlatdan ijobiy javob olganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Janubiy Afrika ham Xitoy va Braziliya tomonidan bildirilgan konsensusni qo‘llab-quvvatladi va uni ko‘p tomonlama formatlarda tasdiqlashga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!