Jahon banki kambag‘al davlatlarga vaksina uchun 12 milliard dollar ajratadi

Jahon banki kambag‘al davlatlarga vaksina uchun 12 milliard dollar ajratadi

Jahon banki prezidenti Devid Malpass kambag‘al davlatlarga vaksina sotib olishda yordam berish uchun 12 milliard dollar ajratilishini ma’lum qildi.

Mamlakatlarga vaksina uchun pul ajratish keyingi 12-18 oy ichida (vaksina ishlab chiqarilganidan keyin) amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Katta ehtimol bilan pullar davlatlarga yuborilmaydi. Mablag‘ vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga to‘lab beriladi.

Bu bilan esa sarflangan mablag‘lar ko‘zlangan maqsad yo‘lida sarflanishiga erishish rejalashtirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!