Italiyaning eng xavfli jinoyatchilaridan biri hibsga olindi

Italiyaning eng xavfli jinoyatchilaridan biri hibsga olindi

Italiya polisiyasining maxsus topshiriqlar bo‘limi xodimlari mamlakat janubidagi Kassano-allo-Yonio shahrida eng qudratli jinoiy tashkilotning xavfli bosslaridan biri Luiji Abrussezeni hibsga oldi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Luiji Abrusseze xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

29 yoshli mafioz qo‘lga olinganda uning yonidan ikkita to‘pponcha va qalbaki hujjatlar chiqqan.

Abrusseze 20 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan.

2015 yili Luiji Abrusseze Italiyaning eng xavfli jinoyatchilari ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!