“Isroil so‘radi, Fransiya hibsga oldi”: Durovning hibsga olinishiga Isroilning aloqasi bormi?

“Isroil so‘radi, Fransiya hibsga oldi”: Durovning hibsga olinishiga Isroilning aloqasi bormi?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Yerdo‘g‘anning yaqin hamkori deb ataladigan Axmet Chalikga tegishli xoldingning bir qismi bo‘lgan Sabah gazetasi Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishi sababining asl versiyasini ilgari surdi.

“Isroil so‘radi, Fransiya hibsga oldi” sarlavhali maqolada ushbu nashr jurnalistlari Telegram rahbarining hibsga olinishi ortida yahudiy davlati turgani haqida ma’lum qildi.

Sabah jurnalistlarining yozishicha, Isroilning tadbirkorning hibsga olinishi bilan aloqasi “butun dunyoda katta rezonansga sabab bo‘lgan”. Turk jurnalistlarining ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda Telegram’da “Isroilning G‘azo sektoridagi vahshiyona genosidi bilan bog‘liq urush jinoyatlari” tasvirlangan ko‘plab vizual materiallar paydo bo‘lgan.

Bu holat yahudiy rasmiylarni xavotirga soldi, ular messenjer rahbariyatiga ushbu ma’lumotlarning tarqalishini blokirovka qilishni so‘rab murojaat qildi. Telegram menejerlari senzura so‘rovini rad yetishdi va shundan so‘ng Durov Parijda hibsga olindi.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, joriy yilning aprel oyida DDoSecrets telegram kanali Wikileaks fosh qilganidan keyin sodir bo‘lgan janjalni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni joylashtirgan.

Internetda isroillik yuqori martabali amaldorlarning shaxsiy ma’lumotlari, ularning maxfiy yozishmalari, shuningdek, yahudiy davlati vazirliklarining ichki va maxfiy hujjatlarini o‘z ichiga olgan millionga yaqin hujjat tarqaldi.

Britaniyaning The Guardian gazetasi ushbu ma’lumotlarga asoslanib, Isroil rasmiylari AQShdagi xorijiy agentlar haqidagi qonunni chetlab o‘tishga urinayotganini yozdi.

Sabah xabariga ko‘ra, Isroil hukumati Isroil va G‘arb mamlakatlarida bu ma’lumotlarning tarqalishiga to‘sqinlik qilishga muvaffaq bo‘lgan, shuningdek, mashhur Facebook, Instagram va WhatsApp messenjeriga yegalik qiluvchi Meta korporasiyasi rahbariyati bilan sukut saqlashga kelishib olgan.

Aytilishicha, isroilliklar Durovga bosim o‘tkazib, DDoSecrets ma’lumotlarining Telegramda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilgan, biroq bu messenjer “neytral platforma” bo‘lib qolgan va kanalni bloklamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!