Isroil olimlari “sog‘lom ovqatlanish” mavjudligini rad etishdi

Isroil olimlari “sog‘lom ovqatlanish” mavjudligini rad etishdi

U yoki bu taomlarga bo‘lgan individual reaksiyalarga e’tibor berish kerakligini aniqlagan Isroil tadqiqotchilari hammaga ham birdek foydali "sog‘lom ovqatlanish" yo‘q degan xulosaga kelishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Veysman instituti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tajribada sakkiz yuz kishi ishtirok etgan va ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruh sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilgan, ikkinchisi esa odatdagidek "nosog‘lom" taomlarni yeyishda davom etgan.

Natijada turli xil parhezlar, tajriba mualliflari Eran Elinav va Eran Segalning ta’kidlashicha, turli odamlarning individual xususiyatlari tufayli ularning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatgan. Masalan, bir xil mahsulotlar ko‘ngillilarning qondagi qand darajasida turli xil o‘zgarishlarni keltirib chiqargan.

"Parhezshunoslar ko‘pincha glikemik indeksga e’tibor berishni so‘rashadi, bu mahsulotning "foydali "xususiyatini belgilaydi. Ammo bizning tajribamiz shuni ko‘rsatdiki, bir xil ovqat boshqa-boshqa odamlarning organizmlariga turli xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, tajribada qatnashgan ayollardan birida tomat iste’molidan keyin qonidagi qand miqdori oshdi. Kimdir ayni shu sabab bois banan yeyishdan o‘zini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir inson o‘zi uchun qaysi ovqat eng yaxshi ekanligini o‘zi hal qilishi kerak. Barchaga birdek foydali bo‘lgan taom yo‘q", deydi tajriba mualliflari bir xil ovqatning turli xil ta’sirini ichak mikroflorasi tarkibidagi farq bilan izohlash mumkinligini qo‘shimcha qilisharkan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!