Isroil G‘azo shimoliga uyushtirgan tungi hujumlar oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azo shimoliga uyushtirgan tungi hujumlar oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi G‘azo shimoliga 25 iyun tunida uyushtirgan hujumlar oqibatida kamida 24 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil aviasiyasi G‘azo shahri shimolidagi aholi punktlariga, xususan, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga zarba bergan. Tinch aholi to‘planib turgan nuqtalar nishonga olingan.

G‘azo shahri hududidagi maktabga hujum qilinishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi maktab hududida boshpana saqlab kelayotgan qochqinlar bo‘lgani xabar qilingan.

Isroil ,shuningdek, Shati qochqinlar lageriga ham zarba bergan. Hujumda kamida 10 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab fuqarolar yaralangan.

Rasmiylar Shatiga hujumda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya qarindoshlari ham vafot etganini bildirgan. HAMAS rahbari oilasiga hujum 25 iyun kuni tongda ham uyushtirilgan edi. Unda Ismoil Haniyaning singlisi Zohir Abdussalom Haniya halok bo‘lgani aytilgan edi.

Isroil harbiy ma’muriyati xalqaro nashrlarning G‘azo shimolidagi hududlarga hujum borasidagi so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirgan. Mudofaa kuchlari ham qochqinlar lagerlariga hujum haqida ma’lumot taqdim etmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!