Ispaniyaga bombali paketlar jo‘natish ortida rossiyalik o‘ta o‘nglar turgan bo‘lishi mumkin

Ispaniyaga bombali paketlar jo‘natish ortida rossiyalik o‘ta o‘nglar turgan bo‘lishi mumkin

AQShning The New York Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, G‘arb razvedka agentliklari yaqinda Ispaniyada bombali maktublarning yuborilishini Rossiyaning "Rossiya Imperator Harakati" o‘ta o‘ngchi guruhi bilan bog‘laydi. (Guruh harakatlariga Rossiya Mudofaa vazirligining Razvedka Bosh boshqarmasi rahbarlik qilishi mumkin).

O‘tgan yilning noyabr va dekabr oylarida Ispaniyaga oltita portlovchi moslama yuborilgan edi. Ular, jumladan, mamlakat bosh vaziri qarorgohida, Ukraina va AQSh elchixonalarida, shuningdek, Mudofaa vazirligida qabul qilingan. Yagona jabrlanuvchi Ukrainaning Madriddagi diplomatik missiyasi xodimi bo‘lib, yengil jarohat olgan.

Amerika rasmiylari bombalar solingan jo‘natmalarning Ispaniyada tarqatilishini terakt deb hisoblamoqda, deb yozadi nashr.

So‘nggi haftalarda ushbu harakatlarni tergov qilayotgan razvedka idoralarining e’tibori "Rossiya Imperator Harakati" ga qaratildi — nashr uni "Evropa bo‘ylab tarafdorlari va hamkorlari, shuningdek, Sankt-Peterburgda harbiy uslubdagi o‘quv markazlariga ega harbiy guruh", deb ta’riflaydi.

Nashrning yozishicha, RIHning muhim a’zolari Ispaniyada bo‘lgan va bu mamlakat polisiyasi Ispaniyadagi o‘ta o‘ng tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan.

Shu bilan birga, nashrda ta’kidlanishicha, RIHning Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqasi bor. Jumladan,. hujumlar ortidagi rossiyalik zobitlar tashkilot uchun ishlayapti.

Gazeta suhbatdoshlaridan biri bomba paketlarini "ogohlantiruvchi o‘q", ya’ni Moskva terrorchi tashkilotlardan NATOga orqadan hujum qilish uchun foydalanishga tayyor ekanligidan dalolat beradi", deb ta’kidladi.

Portlovchi qurilmalar solingan jo‘natmalar yuborilganidan ko‘p o‘tmay, Ispaniyadagi ukrainalik diplomatlar hayvonlarning ko‘zlari tushirilgan pochtalar qabul qila boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!