Islomofobiya bilan bog‘liq jinoyatlar o‘sib bormoqda

Islomofobiya bilan bog‘liq jinoyatlar o‘sib bormoqda

Torontoda Falastin va Turkiyadan kelgan ikki oilaning a’zosiga hujum uyushtirildi. Bu haqda “Anadolu” xabar tarqatdi.

39 yoshli falastinlik Muhammad Abu Marzuqqa 15 iyul kuni shaharning dam olish tumanlaridan birida hujum uyushtirildi. Uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Jabrlanuvchining rafiqasi Diana Attar u va ikki qizi bo‘lgan voqeadan hamon o‘ziga kelmagani bildirdi. Hozir Attarni bir savol qiynamoqda – eri komadan chiqadimi?

Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ini avtoturargohda so‘ka boshlashgan, so‘ngra hujum qilib, “arab terrorchi” deya kaltaklashgan.

So‘ngra bezorilar yordamga kelgan etnik turkni ham kaltaklay boshlagan.

Falastinlikka yordamga kelgan Turkiya fuqarosi Fuat Yujelning aytishicha, u 39 yildan beri Kanadada yashaydi. Biroq mazkur voqeadan so‘ng oilasi uchun qo‘rqa boshlagan.

“Biz OAV orqali islomofobiyadan xabardormiz. Ammo men odamlarda bunchalik nafrat borligini tasavvur qila olmaganman”, – dedi Yujel.

Polisiya mazkur hujum uyushtirganlarni qo‘lga oldi. Ular asli Polshalik aka-uka Korxamzichlar: 19 yoshli Yanis va 27 yoshli Adam bo‘lib chiqdi. Sud qaroriga ko‘ra, ular shartli ravishda ozod etildi. Ularning ishi bo‘yicha navbatdagi mahkama 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!