Ish haqi, stipendiya va pensiyalarni indeksasiya qilishga 3,4 trln so‘m yo‘naltiriladi

Ish haqi, stipendiya va pensiyalarni indeksasiya qilishga 3,4 trln so‘m yo‘naltiriladi

Ish haqlari, stipendiyalar, pensiya va nafaqalarni indeksasiya qilish uchun davlat byudjeti va Pensiya jamg‘armasidan 3,474 trln so‘m ajratiladi. Bu haqda 15 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Shoxruh Shorahmedov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga inflyasiya darajasi yanvar-iyun oylarida 5,6 foizni tashkil etganini hisobga olib, oylik ish haqini 7 foizga ko‘tarish uchun 2,2 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan edi. Biroq prezident tashabbusi bilan EKIH 10 foizga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun byudjetdan qo‘shimcha 361 mlrd so‘m ajratishga qaror qilindi.

«Pensiya fondidan ham 463 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Oyliklarning oshirilishi aholi, ayniqsa byudjet sohasida mehnat qilayotgan 2,5 mln xodimning moddiy ta’minotini yaxshilaydi, deb hisoblaymiz», — dedi moliya vaziri o‘rinbosari.

Shoxruh Shorahmetov O‘zbekistonda inflyasiya darajasi biznesning rivojlanishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlab o‘tdi. Aholida daromadlar o‘sadi yoki biznesda kreditlash hisobiga yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ko‘proq import mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ham iste’mol tovarlari, ham biznes uchun uskunalar. Bu inflyasiyaga ta’sir qiladi", — dedi u.

Moliya vaziri o‘rinbosari ish haqining oshishi inflyasiyani tazlashtirishini tasdiqladi, biroq oyliklarni oshirmasdan qoldirib ham bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Davlat oldida tanlash imkoniyati bor. Oyliklarni oshirmasdan qoldirishimiz imkonsiz. 2,5 million kishi, bu — 2,5 million oila demakdir. Ularni boqish kerak. Shuning uchun inflyasiyaning o‘sish sur’atlari va oyliklarning inflyasiyaga ta’siridan kelib chiqqan holda ish haqini oshirish uchun eng maqbul darajasini hisoblab chiqishga harakat qilmoqdamiz», — dedi Shoxruh Shorahmedov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!