Iqlim o‘zgarishlari sababli Lotin Amerikasidagi tarixiy binolar qulab tushmoqda

Iqlim o‘zgarishlari sababli Lotin Amerikasidagi tarixiy binolar qulab tushmoqda

Buguni kunda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari Lotin Amerikasi va Meksika hududlaridagi tarixiy binolarning qulab tushishiga olib kelmoqda. Meksikadagi “Taxin” deb nomlanuvchi arxeologik markaz rahbariyatining fikricha, bu kabi jiddiy iqlim o‘zgarishlari Markaziy Meksika hududlarining cho‘lga aylanishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, suv taqchilligining yuzaga kelishi oqibatida bu yerlardagi ekin maydonlari ham qurib qolgan. Meksikaning okean sohillariga tutash qismida esa aksincha, yog‘ingarchiliklar tufayli ikki metrdan to‘rt metrgacha baland bo‘lgan suv toshqinlari ro‘y bergan. Masalan, Perudagi qadimiy inshootlar hamda shimoliy hududidagi zamonaviy binolar aynan “El-Ninyo” nomli oqim, ya’ni yog‘ingarchiliklar hamda suv toshqinlaridan aziyat chekkan.

Hozirgi vaqtda Meksika hududida madaniy yodgorliklar tizimiga kiruvchi 11 ta qadimiy arxeologik inshootlar mavjud. Verakrus shtatidagi “Taxin” nomli tarixiy shaharcha ham taxminan eramizdan avval 850 yilda barpo qilingan. Arxeologlar tomonidan bugungi kunga qadar hududning 20 foiz qismida qazish ishlari olib borilib, topilmalar yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Endilikda ana shu qadimiy shaharcha yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Yaqinda suv toshqini oqibatida shaharchaning ikki tarafidan oqib o‘tuvchi daryo o‘zanidan toshib ketib binolarga zarar yetkazdi. Natijada ikki metr balandlikdagi suv ostida qolgan uylar o‘pirilib tushgan. Ayni kunlarda arxeolog olimlar mamlakatdagi tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish chora-tadbirlari ustida ish olib bormoqdalar.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!