"Ipak yo‘li" banki javobgarlikka tortilgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi

"Ipak yo‘li" banki javobgarlikka tortilgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi

Avvalroq saytimizda Ipak yo‘li banki javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik. Bank bu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

"IPAK YO‘LI BANKI yaqinda mijozlarimiz uchun ma’lumotlarning mavjudligi, xususan, depozit mahsuloti masalasi bo‘yicha xabarlar bilan bog‘liq vaziyatni oydinlashtirishni zarur deb hisoblaydi. Bizning asosiy vazifamiz - bankning mahsulot va xizmatlari haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish. Biz uni iloji boricha tushunarli va ommabop qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz.

Ushbu holatda, tashqi LED ekranlarida depozit mahsulotini yoritishda rasmiy veb-saytimizda mavjud bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarga bevosita havola mavjud bo‘lmagan. Bu mijozlarimiz o‘rtasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqishi mumkinligini tushunamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va kelgusida bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritdik.

IPAK YO‘LI BANKI mijozlar bilan muloqot qilishda doimo ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladi. Biz fikr-mulohaza va takliflarga tezkorlik bilan e’tibor qaratamiz, bank bilan o‘zaro aloqani yanada qulay qilish uchun doimiy ravishda jarayonlarimizni yaxshilaymiz",

— deyiladi rasmiy munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!