AQSh harbiy ehtiyojlar uchun Ukrainaga qo‘shimcha 2 mlrd dollar ajratadi

AQSh harbiy ehtiyojlar uchun Ukrainaga qo‘shimcha 2 mlrd dollar ajratadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari yangi mudofaa sanoati jamg‘armasi orqali Ukrainaga qo‘shimcha 2 milliard dollar harbiy mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Qo‘shimcha qilmoqchimanki, biz [Ukrainaga] yangi mudofaa sanoati fondi orqali qo‘shimcha 2 milliard dollar ajratamiz», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi jamg‘armasi Kiyevning boshqa davlatlardan qurol sotib olishini ham, Ukrainaning harbiy-sanoat majmuasini ham rivojlantirishni ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!