Andijonda direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda

Andijonda direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda

OAVlarda “Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. Uning ma’lum qilishicha, 7 may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957-yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

Xabarga ko‘ra, “o‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012 yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990 yilda tug‘ilgan) tegajonlik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan”.

Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!