Maktab hududiga kirib, o‘quvchilarga tajovuz qilgan: Surxondaryoda ayiq nega o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Maktab hududiga kirib, o‘quvchilarga tajovuz qilgan: Surxondaryoda ayiq nega o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani hududiga ayiq kutilmaganda kelib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Jannatmakon» MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!