Jahon va Yevroosiyoda elektr energiyasi bozorining rivojlanishi tahlil qilindi

Jahon va Yevroosiyoda elektr energiyasi bozorining rivojlanishi tahlil qilindi

Xalqaro energetika agentligi (IEA) elektr energiyasi bozoridagi joriy siyosat va o‘zgarishlarni, shuningdek, 2026 yilgacha prognozlarni tahlil qiluvchi materiallarni e’lon qildi.

📝Hisobotda qayd etilishicha, 2022-2023 yillarda energiya va elektr energiyasi narxlarining keskin o‘sishiga qaramay, mamlakatlar qazilma resurslardan foydalanishga qaytmasliklari, balki qayta tiklanadigan energiya manbalariga (QTE) sarmoya kiritishda davom etishlari kerak.

📊Kelgusi uch yil ichida global elektr energiyasiga bo‘lgan talab tez sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda, bu 2026 yilgacha har yili o‘rtacha 3,4%ga oshadi.

♻QTE 2025 yilga borib global elektr energiyasining umumiy ishlab chiqarishining 1/3 qismidan ko‘prog‘ini ta’minlaydi. QTE va atom ishlab chiqarishning jadal o‘sishi 2026 yilga kelib global ko‘mir ishlab chiqarishni siqib chiqarishi kerak.

🌐Qozog‘iston va Rossiyadan tashqari Yevrosiyoda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2024-2026 yillarda yiliga o‘rtacha 3,5% o‘sish sur’ati bilan o‘sishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!