Inson miyasining eng xavfli dushmani ma’lum bo‘ldi

Inson miyasining eng xavfli dushmani ma’lum bo‘ldi

Kornell universiteti nevrologiya va radiologiya kafedrasi assistenti Liza Moskonining fikricha, noto‘g‘ri ovqatlanish birinchi navbatda miyani zararlaydi.

To‘yingan hayvon yog‘larini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlari yurak-qon tomir kasalliklari va kognitiv muammolar xavfini oshiradi.

"Biz yog‘li, shirin ovqatlarni iste’mol qilganda oshqozonda emas, balki miyada turli ta’sirlar, alomatlar paydo bo‘ladi", – dedi u.

Bundan tashqari, yog‘li ovqatlanish miyaning funksional va strukturaviy elementlarini yo‘qotishiga olib keladi. Natijada miya qarishga moyil bo‘lib qoladi.

Salbiy ta’sirning oldini olish uchun shifokor antioksidantlarga boy oziq-ovqatlarni, shu jumladan, C va YE vitaminlari, beta-karotin, omega-3 yog‘ kislotalari va yallig‘lanishga qarshi B vitaminlarini iste’mol qilishni tavsiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!