Ijtimoiy tarmoqdagi tanishuv qimmatga tushdi

Ijtimoiy tarmoqdagi tanishuv qimmatga tushdi

Qarshi tumanida yashovchi 25 yoshli A.N. ariza bilan murojaat qilib, Shveysariya davlatida yashovchi, ismini “Rayana Olivia” deb tanishtirgan ayol, uning 13 mln. 236 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olganligini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, A.N. ijtimoiy tarmoq orqali “Rayana Olivia” soxta ismi ortidagi shaxs bilan tanishib, ancha muddat yozishib kelgan va “Rayana Olivia” o‘zi to‘plagan qimmatbaho buyum va pullarini 2 ta chemadonga joylab, samalyot orqali jo‘natib yuborayotganligini, o‘zida pul olib qolmaganligi sababli, bojxona to‘lovi uchun 14 mln. so‘m pulni uning bank karta hisobiga tashlab berishni so‘ragan.

A.N. yuborilgan bank karta raqamiga pullarni o‘tkazib berganidan so‘ng, “Rayana Olivia” nomli akkaunt bilan bog‘lanolmagan va firibgar tuzog‘iga tushganligini anglagan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, o‘zini "Rayana Olivia" deb tanishtirgan shaxs - Toshkent viloyati, Olmaliq tumanida yashovchi 47 yoshli ayol M.K. ekanligi aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan M.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.K. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!