IIV xodimlari jurnalistni kaltaklagani rostmi? Vaziyat o‘rganilmoqda

IIV xodimlari jurnalistni kaltaklagani rostmi? Vaziyat o‘rganilmoqda

Toshkent shahar IIBB Kun.uz internet nashri jurnalisti Alisher Ro‘zioxunov bilan sodir etilgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda Kun.uz internet nashri jurnalisti Alisher Ro‘zioxunov 22 dan 23 oktyabrga o‘tar kechasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kaltaklanganligi xaqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB tomonidan mazkur ma’lumot o‘rganib chiqilib, voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda fuqaro A.Ro‘zioxunovning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. 

Shu o‘rinda barcha fuqarolarimizdan, bloger va jurnalistlardan, o‘z mavqeini ro‘kach qilib ichki ishlar organlari xodimlarining ishlariga xalaqit bermasliklarini, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqealarni buzib talqin etib ommaga nomoyish qilmasliklarini so‘raymiz", deyiladi munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!