Ichki ishlar tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining 10 apreldagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra:

Podpolkovnik Abdullayev Karamatdin Shamsheddinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar K.Abdullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sadikov Akramxon Abdulazizovich  Andijon viloyati, Shahrixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Sadikov Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sharipov Baxodirxo‘ja Zarifovich Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Sharipov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Baxriyev Xujanazar Shaymardanovich Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Baxriyev Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Savurov Akbar Axtamovich Navoiy viloyati, Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Savurov Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Rayxanov Aristangali Yeleubayevich Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Rayxanov Navoiy viloyati, Konimex tumani IIB 12-son ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Shernazarov Ravshan Avazovich Navoiy shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Shernazarov Navoiy viloyati, Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Eshmuratov Yunus Bekpulatovich Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar YU.Eshmuratov Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Abduraimov Akmal Qo‘chqorovich  Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Abduraimov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Shodiyev Bekmirza Narzullayevich Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Shodiyev Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Mayor Narmuratov Shavkat Abdugapparovich  Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar SH.Narmuratov Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xaydamatov Elyorjon Boxodirovich Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar E.Xaydamatov Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!