Hindistondagi katta tirajli gazetada Shavkat Mirziyoyev haqida maqola chop etildi

Hindistondagi katta tirajli gazetada Shavkat Mirziyoyev haqida maqola chop etildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

O‘zbekiston yetakchisini Ahmadobod xalqaro aeroportida Gujarat shahri gubernatori, Hindiston qishloq xo‘jaligi vaziri va boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, Dinamik Gujarat sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Yorqin Gujarat xalqaro sammiti 9-bor 18-20 yanvar kunlari Hindistonning Gujarat shtatida o‘tkaziladi. Gujarat - Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlangan regionlaridan biridir. U hindiston milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investisiya sohasida jozibador regioni hisoblanadi.

Hindistonda Mirziyoyev tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida ta’kidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan The Hindu gazetasida O‘zbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni bo‘ladi nomli tahliliy maqola chop etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!