Hindiston Markaziy Osiyo uchun Xitoyning muqobili bo‘lishi mumkin

Hindiston Markaziy Osiyo uchun Xitoyning muqobili bo‘lishi mumkin

Markaziy Osiyo mamlakatlari Eronning Chobahor porti orqali o‘tadigan transport yo‘lagini o‘z eksportini diversifikasiya qilish imkoniyati sifatida ko‘radi deb hisoblaydi Observer Research Foundation (ORF) tahliliy markazi.

Eronning Chobahor dengiz portidan Hindiston keng foydalanadi. Shu sababli AQShning Eronga kiritgan sanksiyalari bu portni chetlab o‘tadi.

Shu bilan bir qatorda fevral oyi boshida bo‘lib o‘tgan "Hindiston va Markaziy Osiyoning ishbilarmonlari kengashi" da ko‘plab ishtirokchilar ushbu loyihaning amalga oshishiga shubha bildirishdi. Buning sababi infratuzilmani rivojlantirishda muhim yutuqlarning yo‘qligi edi.

Markaz ilmiy xodimi Ayvaz Vanining qayd etishicha, Hindistonning Chobahor portiga qiziqishlari saqlanib qolgan. U so‘zlari isboti sifatida Hindistonning port infratuzilmasini rivojlantirish uchun kiritadigan sarmoyasi 2020-2021 moliya yilida o‘tgan moliya yiliga nisbatan ikki barobar ortganini keltiradi.

2016 yil may oyida Eron, Afg‘oniston hamda Hindiston Chobahor porti orqali transport koridorini yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi. Ushbu koridor Hindistonga Pokistonni chetlab o‘tib Markaziy Osiyoga yo‘l ochadi. Ushbu kelishuvga binoan Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Chobahor va Zohidon shaharlarini bog‘laydigan temir yo‘l qurilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!