Hindiston bosh vazirining aytishicha, kelgusi 25 yil mamlakat uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi

Hindiston bosh vazirining aytishicha, kelgusi 25 yil mamlakat uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Nyu-Dehlida mustaqillikning 75 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida kelgusi 25 yil mamlakat uchun hal qiluvchi yil bo‘lishini aytdi.

"Keyingi 25 yil ichida biz beshta yechimga e’tibor qaratishimiz kerak - Hindistonni rivojlantirish, ongimizdan qullikning barcha izlarini olib tashlash, ulug‘vor merosimiz va birdamligimiz bilan faxrlanish va o‘z mas’uliyatimizni bajarish", - dedi Modi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Hindiston o‘z mustaqilligining 100 yilligiga qadar rivojlangan davlatga aylanish uchun katta maqsadlar bilan olg‘a intilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!