Hijobga qarshi chiqqan eronlik ayol 148 darra urish va 38 yil qamoqqa hukm qilindi

Hijobga qarshi chiqqan eronlik ayol 148 darra urish va 38 yil qamoqqa hukm qilindi

Tehron sudi 55 yoshli huquqshunos ayol Nasrin Sotoudeni 38 yillik qamoq jazosi va 148 darra urishga hukm qildi. Bu haqda repost.uz yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, ayol milliy xavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatlarda ham ayblanmoqda. Ammo u bu ayblarni inkor etgan.

Nasrin Sotoude butun hayotini ayollarning huquqini himoya qilishga bag‘ishladi va o‘lim jazosi bekor qilinishini talab qildi. Oqibatda esa Eron hukumati uni shu tashabbusi uchun jazoladi , deydi bu haqda Xalqaro Amnistiya tashkiloti vakili Filip Lyuter.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!