“Go‘zallik” nomiga dog‘ tushirgan surxondaryolik o‘g‘ri ayol

“Go‘zallik” nomiga dog‘ tushirgan surxondaryolik o‘g‘ri ayol

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Go‘zallik mahallasida yashovchi 33 yoshdagi Mansur Lolayev yashash uyidagi sandiqda yaxshi niyatlar bilan naqd 26 million 900 ming so‘m pul va 500 dollarni avaylab saqlab kelayotgan edi. 

Tushlikka yaqin u uyning eshigini beixtiyor ochiq tashlab, ko‘chaga chiqib ketadi. Qaytib kelib qarasa sandiqning ham og‘zi ochilib qolibdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, sandiqdagi pullar yo‘q. G‘oyib bo‘libdi. U jamg‘arib kelayotgan mablag‘i yo‘qolganiga ishonch hosil qilgach, ichki ishlar idorasiga murojaat etadi. Zudlik bilan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mazkur o‘g‘rilikni shu mahallada yashovchi 32 yoshdagi Egrigul Sapiyeva (ism-shariflar o‘zgartirildi) sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil olinadi. 

Ayni paytda Go‘zallik mahallasi nomiga dog‘ tushirgan o‘g‘ri ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!