Gresiya: Sahroi Kabirdagi chang osmonni to‘q sariq rangga aylantirdi

Gresiya: Sahroi Kabirdagi chang osmonni to‘q sariq rangga aylantirdi

Gresiyani yana Sahroi Kabir changi qopladi. Afinada havo sifati yomonlashib, osmon sarg‘aygan, deb yozadi Euronews.

Yunonistonning janubi Sahroi Kabirdan kelgan chang to‘lqini tufayli butunlay sariq rangga bo‘yalgan.

Ko‘pchilik Afinada olingan suratlarni Mars manzaralari bilan bog‘laydi. Ayrim hududlarda havo sifati yomonlashgan. Mahalliy hokimiyat nafas olish tizimi kasalliklari bilan kasallangan odamlarni ochiq havoda vaqtlarini cheklashga chaqirdi.

Sinoptiklarning fikricha, tez orada osmon ochilib qolishi kerak. Bunga shamolning o‘zgarishi va haroratning pasayishi yordam beradi.

Xuddi shunday holat Shveysariya va Fransiyada ham kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!