G‘ijduvonda uka akasini pichoqladi

G‘ijduvonda uka akasini pichoqladi

2019 yil 4 yanvar kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan B.SH. ismli fuqaro uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi akasi D.SH.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, D.SH. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.SH. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!