General-mayor Salamiy sionistik rejimga haqiqiy xabarni yubordi

General-mayor Salamiy sionistik rejimga haqiqiy xabarni yubordi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni general-mayor Husayn Salamiy Isroilning Bayrutdagi turar-joy hududiga uyushtirgan halokatli hujumini qoralab, Hizbulloh oliy qo‘mondoni Fuad Shukr va Eron harbiy maslahatchisi Milad Bidiyning shahid bo‘lishiga olib kelganini aytdi va sionistik rejim terror hujumi uchun qattiq jazolanishidan ogohlantirdi.


General-mayor Salamiy juma kuni Hizbulloh Bosh kotibi Seyid Hasan Nasrullohga yo‘llagan hamdardlik maktubida sionistik rejimni Shukrning Livanda o‘ldirilishi oqibatlaridan qattiq ogohlantirgan.

U bu vahshiylik aybdorlarini (terrorchi va sionistik to‘da) “musulmon xalqining (ummatning) dushmanlari" deb atadi.

Ular va ularning tarafdorlaridan qattiq qasos olinishi aytilmoqda.


Livanning «Hizbulloh» qarshilik harakati chorshanba kuni o‘zining yuqori martabali qo‘mondoni Shukrning Bayrutdagi Isroil havo hujumida o‘ldirilganini tasdiqladi.

Bildirilishicha, Hizbullohning sionistik rejimga qarshi kurashga tayyor bo‘lgan xodimlari soni 100 mingdan oshgan.

General-mayor Salamiy, shuningdek, Shukrning o‘ldirilishi ortida turganlar «G‘azoning mazlum ayollari, bolalari va erkaklarining qotillari» ekanini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!