G‘azo sektori qirg‘oqlari yaqinidagi suzuvchi iskala o‘z faoliyatini qaytadan boshladi

G‘azo sektori qirg‘oqlari yaqinidagi suzuvchi iskala o‘z faoliyatini qaytadan boshladi

Noqulay ob-havo tufayli yetkazilgan zarar ta’mirlanganidan so‘ng, G‘azo sektori qirg‘oqlari yaqinida suzuvchi iskala yana ishlay boshladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder brifingda ma’lum qildi.

«Ha, iskala ishlayapti. Bugun u yana ishlay boshladi», dedi Rayder.

O‘tgan hafta Rayder Qo‘shma Shtatlar suzuvchi iskala tiklangani va uni G‘azo sektori qirg‘oqlariga qayta tiklagani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!