FVV Yashnobodda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi

FVV Yashnobodda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi

Bugun 28 iyun kuni soat 04:13da Poytaxtimizning Yashnobod tumani, Djarqo‘rg‘on ko‘chasi 22-uyda joylashgan “AGRO FOOD OIL” Masuliyati cheklangan jamiyatga qarashli yog‘ qadoqlash sexida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida 300 kv.m. maydonda sex ichki va tom qismi yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 04:20da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 05:12da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. 

Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!