FVV xodimlari kanalda cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

FVV xodimlari kanalda cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

Hodisa kecha, 15 iyun kuni soat 19:40larda Namangan viloyati Chortoq shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Namangan kanali”da yuzaga kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayogan ayolni ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida fuqaro xushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘ziga keltirilgan qiz tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda qutqarilgan insonning ahvoli o‘nglangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!